Qarshida ko‘p qavatli uy oldida plastikni qayta ishlovchi korxona qurilgani aholi e'tirozlariga sabab bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uy oldida plastikni qayta ishlovchi kichik sex qurilayotgani, bu esa aholi e'tirozlarga sabab bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mazkur xabarlar yuzasidan o‘rganish olib borilganini ma'lum qildi.
O‘rganish davomida aniqlanishicha, Qarshi shahar «Bog‘ishamol» MFY hududida, Katta bog‘ ko‘chasida «YASIN SERVIS» MChJga qarashli noturar joyni «Universal Buyuk Yuli» MChJ ichimlik suv uchun va tomchilab sug‘orishda ishlatiladigan plastik quvurlar ishlab chiqarish sexini yo‘lga qo‘yish maqsadida ijara shartnomasiga asosan olgan.
Shundan so‘ng korxonaning atrof-muhitga ta'siri bo‘yicha ushbu hududdagi eng yaqin aholi punkti vakillari, MFY faollari va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida jamoat eshituvi o‘tkazilgan.
Munosabatda ta'kidlanishicha, mutaxassislar tomonidan sexda o‘rnatilgan uskunalar YeVRO 5 talablariga javob berishi va ular faoliyati davomida hech qanday hid va shovqin bo‘lmasligi bo‘yicha aholiga tushuntirish ishlari olib borilgan.
Avvalroq Qarshi shahar Shayxali mahallasida shu hududda joylashgan terini qayta ishlovchi korxona tomonidan badbo‘y hidli suv chiqarilayotgani aholi noroziligiga sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
15:54
2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan ishlab chiqarish sexi aniqlandi
18:50 / 14.11.2024
2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlandi
13:35 / 21.09.2024
Farg‘onada dori vositalarini qalbakilashtirayotgan yashirin sexlar aniqlandi
10:27 / 20.08.2024