O‘zbekiston | 12:56 / 09.10.2021
3315
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon va Namangan viloyatlarida yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Foto: Prokuratura departamenti

Ikki holatda firibgarlar o‘zganing ishonchiga kirib, yerlarni sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar R.A. va Sh.Z. Andijon tumani sanoat hududida joylashgan 20 sotix yer maydonini fuqaroga o‘zlariga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini 5 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 1 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Xuddi shunday, Departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.X. va Z.A. fuqaroga 4 sotix yer maydoniga egalik qilish huquqini beruvchi qarorni 4 000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali chiqartirib berishni va'da qilishib, shundan 1 800 AQSh dollari va 12,9 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid