Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 21:57 / 09.10.2021
5659
2 daqiqa o‘qiladi
Maqsuda Vorisova: “Aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq tizimini joriy etamiz”
Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisova o‘z saylovoldi dasturida bir qator ijtimoiy yo‘nalishdagi vazifalarni belgilab olgan.
Dasturda, xususan, quyidagi vazifalar ko‘zda tutilgan:
- aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq solish tizimini joriy etish;
- har bir insonning minimal ijtimoiy xizmatlarni bepul olishini qonunchilik darajasida kafolatlash;
- ijtimoiy nafaqalardan yuqoriroq mehnat haqi to‘lanadigan barqaror ish o‘rinlari bilan ta'minlash, mehnatga layoqatli aholining shaxsiy tashabbuslari va uddaburonligini rag‘batlantirish;
- olis va chekka hududlarda shifokorlar hamda o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun “Qishloq shifokori” va “Qishloq o‘qituvchisi” dasturlarini amalga oshirish, ularni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish tizimini qonunchilik asosida mustahkamlash;
- aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoji bilan bog‘liq hamyonbop tovar va xizmatlar, arzon uy-joy va kommunal xizmatlar bilan ta'minlash;
- aholining kam ta'minlangan qatlamlariga bepul, sifatli va to‘laqonli birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
- yoshlarning kasb-hunar tanlashi, bepul va sifatli ta'lim olishi, o‘quv muassasalarini tugatgandan so‘ng ishga joylashish kafolatini mustahkamlash;
- pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishni kafolatlaydigan pensiya va ijtimoiy ta'minotning maqbul tizimini shakllantirish.
Eslatib o‘tamiz, prezidentlik saylovi 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
21:51 / 25.10.2021
Maqsuda Vorisova 1991 yildan keyingi saylovlarda 2-o‘rinni olgan nomzodlar ichida eng ko‘p ovoz oldi
11:38 / 24.10.2021
O‘zbekistonda saylov. Nomzodlar, hokimlar va boshqa mashhurlar ovoz bermoqda
21:00 / 22.10.2021
Bolalar maktab va bog‘chalarda sifatli oziq-ovqat bilan kafolatli ta'minlanishi kerak - Maqsuda Vorisova
18:33 / 21.10.2021