O‘zbekiston | 10:50 / 09.10.2021
1330
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda fuqaroning 500 dollar puli va telefonini o‘g‘irlab ketgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: IIB axborot xizmati

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi fuqaroning 500 AQSh dollari puli va telefonini o‘g‘irlab ketgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Nishon tumanida yashovchi X.U. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida, 2021 yil 1 oktyabr kuni soat 16:00larda o‘ziga tegishli bo‘lgan, Redmi Note 8 Pro rusumli uyali telefoni va uning muqovasi ichida bo‘lgan 500 dollarni Shahrisabz shahar «Xo‘jamurodbaxshi» MFYda yashovchi M.D. o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Qayd etilishicha, olib borilgan tergovga qadar tezkor surishtiruv davomida mazkur jinoyatni M.D. qilgani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid