Rossiyaning Orenburg oblastida 30ga yaqin kishi qo‘lbola alkogoldan zaharlanib vafot etdi
Ushbu ish bo‘yicha to‘qqiz kishi hibsga olingan. Orskdagi omborda tarkibida spirt bo‘lgan suyuqlik solingan 11 ta 200 litrli bochka topilgan.
Orenburg oblasti sharqida 29 kishi qo‘lbola alkogoldan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasi xabar berdi.
“Ayni paytda Orenburg oblastining to‘rtta turli hududida yashagan 29 kishining o‘limi holati o‘rganilmoqda, qator fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, ish bo‘yicha to‘qqiz kishi hibsga olingan. Orskdagi omborda tarkibida spirt bo‘lgan suyuqlik solingan 11ta 200 litrli bochka topilgan.
Orenburg oblasti ma'muriyati matbuot xizmatining xabar berishicha, ichkilikdan jabrlanganlar soni 31 nafarga yetgan. Shifoxonalarga 23 kishi joylashtirilgan bo‘lib, ulardan besh nafarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Qo‘lbola alkogoldan zaharlanish to‘g‘risidagi xabarlar 7 oktyabr kuni kechqurun kelib tushgan. Ushbu holat bo‘yicha oltita jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yaxlit ishga birlashtirilgan.
Mavzuga oid
17:01 / 18.11.2024
Qahva spirtli ichimliklarga bo‘lgan ishtiyoqni o‘ldiradi - tadqiqot
15:59 / 07.10.2024
Spirtli ichimliklar yosh va sog‘lom odamlar yuragi uchun ham xavfli - tadqiqot
14:20 / 06.06.2024
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etiladi
20:18 / 12.04.2024