Jamiyat | 12:52 / 10.10.2021
6688
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkordan 2,5 sotixli uy-joyni ofis uchun olib berish evaziga 15 ming dollar so‘ragan fuqaro aniqlandi

Foto: Unsplash

Toshkentda tadbirkordan 2,5 sotixli uy-joyni ofis uchun olib berish evaziga 15 ming dollar so‘ragan fuqaro aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.S. «B.M.» MChJ rahbari F.ning ishonchiga kirib, Yangihayot tumanidan 2,5 sotixli uy-joyni ofis uchun olib berishni va'da qilib, evaziga uning 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid