Jahon | 00:31 / 11.10.2021
13208
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik olim koronavirus paydo bo‘lishining yangi versiyasini ilgari surdi

Foto: AP

Bioscience Resource Project kompaniyasi ijrochi direktori Jonatan Latemning fikricha, koronavirus dastavval 2012 yilda xitoylik konchining tanasida evolyutsiya qilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Daily Telegraph nashri ma'lum qildi.

Latem, shuningdek, virus inson organizmida uzoq vaqt qolib, ko‘p marta o‘zgarishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan.

“Bir konchi tanasida Sars-Cov-2 virusi paydo bo‘lishiga olib kelgan yuzlab mutatsiyalar yuz bergan. O‘nlab yillar vaqt oladigan rivojlanish taxminan 6 oy vaqt olgan. Taxminimizga ko‘ra, xuddi shunday holat 2012 yilda noma'lum kasallikdan keyin konchilar o‘pkasida yuz bergan. Virus esa (Uhandagi laboratoriyadan) ushbu konchilardan olingan tibbiy namuna sababli tashqariga chiqib ketgan”, deb keltirgan Latem so‘zlarini nashr.

Ta'kidlanishicha, 2012 yilda 6 nafar konchi Uhandan 1500 km olisda joylashgan Motszyan uyezdidagi tashlandiq mis koniga u yerni ko‘rshapalaklar najasidan tozalash uchun tushgan. Shundan keyin ularning barchasi og‘ir kasallikka uchrab, ularda COVID-19’dagi kabi alomatlar – isitma, yo‘tal, o‘pka yallig‘lanishi kuzatilgan. Oqibatda konchilardan 3 nafari vafot etgan.

Keyinroq Uhan virusologiya instituti olimlari ham ushbu konga kelib, u yerdagi sichqonlar tashishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni o‘rganish maqsadida kemiruvchilardan namuna olishgan. Umumiy hisobda 2012 yildan 2015 yilgacha ushbu konda va uning atrofidagi hududlardan 300 ga yaqin koronavirus aniqlangan. Ular orasida RaTG13 deb nomlangan koronavirus bo‘lgan va uning genom ketma-ketligi SARS-CoV-2’nikiga 96,2 foiz o‘xshash bo‘lgan. Bu esa uni COVID-19 qo‘zg‘atuvchisining eng yaqin “ajdodi” qiladi. RaTG13 va SARS-CoV-2 tuzilishi bo‘yicha bir-biriga juda o‘xshash, biroq RaTG13 inson hujayralariga yaxshi kira olmaydi.

Mavzuga oid