Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda 136 million dollarlik yarim tonna kokain topildi
Dubay huquq-tartibot idoralari maxsus reyd davomida 500 kg toza kokain topib, uni musodara qilishdi. Ta'kidlanishicha, topilgan giyohvand modda 136 mln dollarga baholangan.
Politsiyachilar ushbu jinoyat yuzasidan yaqin sharqlik bir kishini qo‘lga olgan. Ularning fikricha, ushbu shaxs xalqaro narkosindikat vositachisi hisoblanadi.
Emirates News Agency nashrining xabar berishicha, “Chayon” deb nomlangan amaliyot davomida Dubay politsiyasi BAA hududiga kokain olib kirishga urinishning oldini olgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, giyohvand modda port orqali olib kirilib, yuk konteyneri ichiga yashirilgan bo‘lgan.
Politsiya giyohvand modda haqida ma'lumot olgach, maxsus ishchi guruh shakllantirgan va ayblanuvchi ortidan kuzatuv olib borgan. Jinoyatchilar keyinchalik giyohvand moddani AQShga jo‘natmoqchi bo‘lishgan.
Mavzuga oid
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
22:36 / 24.04.2025
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi
00:35 / 03.04.2025