Hindiston ichki ishlar vazirining o‘g‘li namoyishchilar o‘limida gumonlanib hibsga olindi
Hindistonda bir guruh fermerlarni o‘ldirishda gumonlanib ichki ishlar vaziri Ajay Mishra Tanining o‘g‘li Ashish Mishra hibsga olindi.
Ta'kidlanishicha, vazirga tegishli mashina 3 oktyabrda Uattar-Pradesh shtatining Laximpur shahridagi namoyishlarda fermerlarni bosib ketgan. Buning oqibatida 4 kishi, jumladan mahalliy jurnalist halok bo‘lgan.
Voqeadan keyin darg‘azab namoyishchilar mashina haydovchisi va 3 yo‘lovchini kaltaklashgan, avtomobilni esa yoqib yuborishgan.
Guvohlarning ta'kidlashicha, mashina ichida vazirning o‘g‘li ham bo‘lgan. Biroq vazir buni rad etmoqda. Mishraning aytishicha, voqea vaqtida uning o‘g‘li u yerda bo‘lmagan va mashina shaxsiy haydovchisi tomonidan boshqarilgan. Haydovchi namoyishchilar mashinaga tosh uloqtirib, hujum qilgach boshqaruvni yo‘qotgan.
Hindiston oliy sudi shtat ma'muriyatini Ashish Mishrani hibsga olmagani uchun tanqid qilgan. Shundan keyin politsiya vazirning o‘g‘lini 10 soat davomida so‘roq qilib, uni hibsga olishga qaror qilgan. Politsiya zobiti Upendra Agarvalning ta'kidlashicha, Mishra fermerlarni bosib ketgan uchta transport vositasidan birortasida bo‘lmaganini isbotlay olmagan.
Muxolifat ushbu voqeadan keyin vazirning o‘z lavozimidan chetlatilishini talab qilmoqda.
O‘tgan hafta minglab fermerlar Nyu-Dehli chekkalarida yig‘ilib, 2020 yilgi norozilik namoyishlarining bir yilligini nishonlashdi. Hukumatning ta'kidlashicha, fermerlar qabul qilinishiga norozilik bildirgan qonundagi o‘zgarishlar qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish hajmini xususiy sarmoyalar hisobiga oshirish uchun zarur bo‘lgan. Biroq fermerlarning ta'kidlashicha, yangi qonunlar ularni hosilni korporatsiyalarga past narxda sotishga majbur qilib, daromadlariga putur yetkazadi.
Mavzuga oid
14:33 / 01.12.2024
Hindistonlik roja Rolls-Royce’dan chiqindi yig‘uvchi mashina sifatida foydalanganmi?
13:12 / 28.11.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Hindistonga eksporti ortadi
12:12 / 28.11.2024
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi havo parvozlari haftasiga 28 martaga yetkaziladi
15:54 / 25.11.2024