“Iqtisodiyotni liberallashtirish jamiyatni ijtimoiy rivojlantirish kafolatini bermaydi” - Maqsuda Vorisova
Davlat va jamiyat tomonidan iqtisodiy rivojlanishni nazorat qilish lozim, deya hisoblashini bildirgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova o‘z saylovoldi dasturida.
“Biz iqtisodiyotni liberallashtirish va erkin bozor munosabatlari jamiyatni ijtimoiy rivojlantirish maqsadlariga erishish kafolatini bermaydi, deb hisoblaymiz. Shu bois davlat va jamiyat tomonidan iqtisodiy rivojlanishni nazorat qilish hamda tartibga solish bo‘yicha demokratik tizimni shakllantirish lozim”, – deyiladi dasturda.
Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu jarayonda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni amalga oshirish va yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha barcha jabhalarda ijtimoiy muloqot va jamoat nazorati mexanizmi joriy etiladi.
Shuningdek, davlat tashqi qarzlari hamda investitsiyalar ustidan jamoatchilik nazoratining samarali tizimini yaratish, investitsiya siyosatida jamiyat manfaatlari himoyasini ta'minlash vazifasi ham qo‘yilgan.
Mavzuga oid
21:51 / 25.10.2021
Maqsuda Vorisova 1991 yildan keyingi saylovlarda 2-o‘rinni olgan nomzodlar ichida eng ko‘p ovoz oldi
11:38 / 24.10.2021
O‘zbekistonda saylov. Nomzodlar, hokimlar va boshqa mashhurlar ovoz bermoqda
21:00 / 22.10.2021
Bolalar maktab va bog‘chalarda sifatli oziq-ovqat bilan kafolatli ta'minlanishi kerak - Maqsuda Vorisova
18:33 / 21.10.2021