Jahon | 14:28 / 11.10.2021
6495
1 daqiqa o‘qiladi

Toliblar Dohada AQSh delegatsiyasi bilan muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tganini ma'lum qildi

Bunday uchrashuvlarni kelgusida ham o‘tkazishga kelishib olingan.

Foto: Sayed Khodaiberdi Sadat/Anadolu Agency via Getty Images

«Tolibon» harakati Dohada AQSh delegatsiyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralarni muvaffaqiyatli deb atadi.

«Afg‘oniston islom amirligi va AQSh delegatsiyalari o‘rtasidagi ikki kunlik muloqot muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Uchrashuv davomida siyosiy masalalar batafsil muhokama qilindi», — deyiladi «Tolibon» bayonotida.

Qayd etilishicha, AQSh vakillari afg‘onistonliklarga gumanitar yordam ko‘rsatilishini va'da qilgan. 

«Diplomatik munosabatlarni yaxshi holatga olib chiqish uchun sa'y-harakat ko‘rsatilishi lozim», — deyiladi toliblar bayonotida.

Harakatning bildirishicha, «agar zarur bo‘lsa», bunday uchrashuvlarni kelgusida ham o‘tkazishga kelishib olingan.

Toliblar yaqin kunlarda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan ham uchrashuv o‘tkazishi xabar qilingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid