Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 20:59 / 12.10.2021
6249
1 daqiqa o‘qiladi
Alisher Qodirov mustaqil tergov qo‘mitasi tashkil etish va sud hokimiyatida «qon almashinuvi» qilishga va'da berdi
O‘zbekiston prezidentligiga nomzod o‘z saylovoldi dasturida hech kimga bo‘ysunmaydigan mustaqil tergov qo‘mitasi tashkil etish va sud tizimida « qon almashinuvi» qilishini ma'lum qildi.
Foto: “Milliy tiklanish” partiyasi
- «Tizimli o‘zgarishlar sud hokimiyatida adolatni kafolatlash tizimini yaratish, tizimda «qon almashinuvi» jarayonlarini tezlashtirish hamda sohaga yangi avlod vakillarini jalb etish orqali amalga oshiriladi;
- mustaqil tergov qo‘mitasi tashkil etilib, hech kimga bo‘ysunmaydigan mustaqil organ faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Tergovni xolis, haqqoniy, shaffof va halol olib borish ta'minlanadi;
- jazoni ijro etish muassasalari Ichki ishlar vazirligidan Adliya vazirligiga o‘tkaziladi. Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tab, ozodlikka chiqqan fuqarolarning jamiyatga tez va samarali moslashishi uchun huquqiy asoslar kuchaytiriladi;
- advokatlik instituti isloh qilinib, jozibali advokatura tizimi shakllantiriladi. Sohaga doir qonunchilik asoslari takomillashtiriladi. Moliyaviy imkoniyati cheklangan fuqarolar murojaat qila oladigan, bunda davlat subsidiyalarini ko‘zda tutadigan yangi institut tashkil etiladi», – deyiladi Alisher Qodirov saylovoldi dasturida.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
16:59 / 13.05.2025
Alisher Qodirov maktabda bolalarga “Katyusha” yodlatilgani holati yuzasidan Maktab vazirligidan izoh so‘radi
19:04 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vaziriga xorijdagi o‘zbekistonliklarning himoyasi borasida parlament so‘rovi yuborildi
18:01 / 11.04.2025
“Oqibatlari og‘ir bo‘ladi” - Alisher Qodirov internetdagi “axborot loyihalari” haqida
11:18 / 23.03.2025