Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish uchun 50 trillion so‘m ajratiladi
Buxoro viloyatining turizm infratuzilmasi kengaytiriladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.
“Buxoro aeroporti orqali xalqaro aviaqatnovlar soni 5 barobarga oshiriladi. Kelgusi besh yilda viloyatda katta-kichik 255 ta mehmonxona barpo etiladi, 60 ta yangi turizm marshrutlari tashkil qilinadi.
Turizm bilan bir qatorda, boshqa xizmatlarni ham rivojlantirishga alohida e'tibor qaratamiz. Jami bu sohada 50 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Xususan, xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida 2 ta yirik savdo majmuasi barpo etiladi. Shuningdek, qiymati 200 million dollarlik 500 ta loyiha amalga oshirilib, 15 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi. G‘ijduvonda hududlararo ulgurji savdo markazi quriladi.
Umuman olganda, kelgusi besh yilda Buxoro viloyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun davlat hisobidan 50 trillion so‘m ajratiladi va jami 280 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025