Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda M39 xalqaro avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan maktablar oldida maxsus belgilar o‘rnatildi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida M39 xalqaro avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan maktablar oldida maxsus belgilar o‘rnatilgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Dehqonobod tumanidan o‘tgan qismida haydovchilar hushyorligini orttirish maqsadida katta yo‘l atrofida joylashgan maktablar oldida maxsus belgilar o‘rnatilgan.


Dehqonobod tumani IIB YHXB boshlig‘i Bahrom Nazarovning ma'lumot berishicha, xalqaro avtomobil yo‘li atrofida jami 14ta maktab joylashgan. Bugun 12 oktyabr kuni maktablar oldida yo‘lga maxsus belgilar o‘rnatilgan. Belgilar yo‘lning o‘rtasiga o‘rnatib chiqilgan.
«Bu belgilar hududda maktab o‘quvchilari harakatlanayotganini ko‘rsatib, haydovchilar hushyorligini oshiradi. Bu orqali ko‘ngilsiz voqealar oldi olinadi», deydi tuman IIB YHXB boshlig‘i.
Mavzuga oid
09:51 / 05.11.2024
Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari tezkor tadbirda qo‘lga olindi
18:54 / 24.02.2024
Dehqonobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
15:13 / 24.02.2024
Dehqonobod tumaniga 4 oy hokimlik qilgan Akrom Sulaymonov lavozimidan ozod qilindi
19:54 / 26.10.2023