Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sahroda ilm bellashuvi: taqdirlash Bo‘rontepada, pullar diplomatda, Gentra'lar egasini kutmoqda
Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Bo‘rontepa yaqinida barpo etilgan «BUKHARA DESERT Oasis&SPA» ekoturizm klasterida «Zakovat» breyn-ring intellektual o‘yinining respublika grand final bosqichi o‘tkazilmoqda.
Viloyatlarda g‘olib bo‘lgan 13 jamoa va eng yaxshi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 3 jamoa pley-off ko‘rinishida qur'a tashlab, juftliklarga bo‘lindi. O‘tkazilgan o‘yinlar yakunida Navoiy va Xorazm jamoalari finalga yetib kelishdi. Hal qiluvchi o‘yin 12 oktyabr kuni o‘tkaziladi.
Yarimfinal o‘yinlaridan keyin o‘z viloyatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga sovrinlarni topshirish marosimi o‘tkazildi. O‘z viloyatida uchinchi bo‘lgan jamoalar 10 million so‘mdan, ikkinchi o‘rin sohiblari 20 million so‘mdan, hududiy g‘oliblar esa 100 million so‘mdan mukofot pullarini qabul qilib olishdi.
Taqdirlash marosimi Bo‘rontepada o‘tkazildi. Pullar uch xil rangdagi diplomatlarda jamoa sardorlariga topshirildi. Mukofotlarni Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa'dullayev, bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev va Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi raisi Komil Allamjonov topshirdi.
So‘zga chiqqan Allamjonov yoshlarni ilmning o‘ziga xos kichik tantanasi bilan qutladi va ilm orqali yoshlar millioner bo‘layotgani bu boradagi katta qadamlarga asos bo‘lishini ta'kidladi.
Ma'lumot uchun, Navoiy va Xorazm jamoalari o‘rtasidagi final o‘yini yakunlariga ko‘ra g‘olib jamoaning har bir a'zosiga bittadan Gentra mashinasi sovg‘a qilinadi.









































O‘tkir Jalolxonov, Jahongir Aliboyev (foto) tayyorladi
Mavzuga oid
11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona
10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
20:43 / 27.12.2024
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
12:33 / 13.12.2024