Kanada 40 ming afg‘on qochqinini qabul qiladi

Foto: Reuters
Kanada hukumati Afg‘onistondan AQSh va boshqa davlatlarga evakuatsiya qilinadigan 40 ming afg‘onni qabul qilmoqchi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Twitter’da ma'lum qildi.
“Kanada 40 ming afg‘on qochqinini qabul qiladi va biz boshqa davlatlarni ham afg‘onistonlik qochqinlarni xavfsiz joylashtirishda o‘z sa'y-harakatlarini faollashtirishga chaqiramiz”, deb yozgan Tryudo. Uning ta'kidlashicha, Ottava nafaqat Afg‘onistondagi missiya vaqtida kanadalik harbiylarga yordam ko‘rsatgan afg‘onlar va ularning oila a'zolarini, balki mamlakatning insonparvarlik dasturlariga mos keladigan boshqa afg‘onlarni ham qabul qiladi.
Avgust oxirida Kanadaning immigratsiya, qochqinlar va fuqarolik masalalari bo‘yicha vaziri Marko Mendichino mamlakat 5 minggacha afg‘on qochqinini qabul qilishini aytgan.
Avvalroq Kanada Afg‘onistondan mustaqil ravishda 3,7 ming kishini, jumladan kanadaliklarni va afg‘onlarni olib chiqqandi. Oxirgi 2 oy davomida Ottavaning so‘rovi bilan Afg‘onistondan Qatarga yana 100 dan ko‘proq odam olib chiqilgan.
Tryudoning ma'lum qilishicha, “Katta yigirmatalik” davlatlari Afg‘onistonda inson huquqlari himoyasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi va afg‘onlarni zarur insonparvarlik yordami bilan ta'minlash bo‘yicha sa'y-harakatlarini kuchaytiradi.
12 oktyabrda “Katta yigirmatalik”ning Afg‘onistonga bag‘ishlangan favqulodda sammiti videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tdi. Sammitda xalqaro gumanitar va moliyaviy tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Mavzuga oid

18:21 / 03.04.2025
AQSh Senati Kanada tovarlariga bojlarni bekor qilish uchun ovoz berdi

08:50 / 03.04.2025
Kanada bosh vaziri: AQShning yangi bojlari global savdoni o‘zgartiradi

08:07 / 28.03.2025
«AQSh bilan oldingi munosabatlar tugadi» - Kanada bosh vaziri

20:54 / 26.03.2025