Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xatirchidagi maktab negizida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi
Xatirchi tumanidagi Tama bahrin mahallasidagi 22-maktab negizida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.
“Ma'lumki, Navoiy viloyati katta ilmiy, texnik va intellektual salohiyatga ega.
Sizlar yaxshi bilasiz, Xatirchi tumanida mashhur Tama bahrin mahallasi bor. Mahallada joylashgan 22-maktab viloyatning eng ilg‘or ta'lim maskanlaridan biri hisoblanadi. Bu yil Navoiy viloyati maktab bitiruvchilari oliygohlarga kirish bo‘yicha mamlakatimizda birinchi o‘rinni egallashida ushbu jamoaning alohida hissasi bor.
Bu yerda faoliyat yuritayotgan fidoyi ustozlar mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida, ushbu maktab negizida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etsak, o‘ylaymanki, barchangiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaysiz”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi
18:21 / 09.04.2025