Qidiruvdagi samarqandlik Termiz tumanida qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida samarqandlik qidiruvdagi shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil fevral oyida Samarqand viloyatida yashovchi K.J. Qiziriq tumanida Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan. So‘ng, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan.
Qayd etilishicha, Qiziriq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan K.J.ga ehtiyot chorasi sifatida «qamoq» qo‘llanilgan va unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.
Ta'kidlanishicha, joriy yil 2 oktabr kuni, Qiziriq tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan K.J. Termiz tumani hududida yurgani aniqlanib ushlangan.
Mavzuga oid
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024