Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi sabab Cobalt avtomobillari o‘rindiqni isitish modulisiz sotiladi
UzAuto Motors 4-pozitsiya Chevrolet Cobalt avtomobillarini o‘rindiqni isitish modulisiz taklif etmoqda. Bunga sabab – mikrochiplarning global tanqisligi. To‘lovni amalga oshirgan mijozlarga 1 mln so‘m qaytarib beriladi.
Tayyor holdagi yuzlab 4-pozitsiya Chevrolet Cobalt avtomobillari UzAuto Motors avtoturargohida yangi egalarini kutmoqda. Muammo shundaki, birgina detal – yarimo‘tkazgichlar yo‘qligi sabab bu avtomobillarda o‘rindiqni isitish moduli ishlamaydi.
Kompaniyaning ma'lum qilishicha, yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, yaqin orada 4-pozitsiya Chevrolet Cobalt'ni kutayotgan mijozlarga avtomobilni isitish o‘rindig‘i modulisiz taklif etiladi.
Ushbu komplektatsiya 1 mln so‘mni tashkil etadi va bu summa avtomobilning umumiy narxidan olib tashlanadi.
“Avtomobilda konditsioner va pechka ishlashini ta'minlovchi isitish va sovutish tizim regulyatori (HVAC kontroller) o‘zgarishsiz ishlaydi. O‘rindiqni isitish tugmasi ishlamaydi.
Xaridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi ushbu majburiy choraning qo‘llanilishi uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada o‘z egalariga yetkazilishini ta'minlaydi”, – deyiladi UzAuto Motors axborotida.
Mavzuga oid
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
18:43 / 23.05.2025
UzAuto Motors «Cobalt Midnight»ning qimmat narxda sotilayotganini rad etdi
18:45 / 22.05.2025
Qamchiq dovonida Cobalt xandaqqa tushib ketdi
09:07 / 01.05.2025