Jahon | 22:21 / 14.10.2021
39357
4 daqiqa o‘qiladi

Yekaterinburgdagi smog, Makron bilan uchrashgan Rahmon va tobutsozga aylangan o‘qituvchilar. Kun suratlari

Kun.uz dunyoning turli chekkalaridagi so‘nggi voqealarga oid suratlarni jamladi.

Foto: URA.RU/TASS

14 oktabr tongida Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi qator tumanlar osmoni shahar atrofidagi torfli botqoqlikdan ko‘tarilgan tutunlar tufayli smog bilan qoplandi. Shahar aholisi ko‘rish yomonlashgani va tutun hididan shikoyat qilgan. Rospotrebnadzor shaharning to‘rt tumani hududida zararli moddalar miqdori oshib ketganini qayd etgan.

Yuzaga kelgan holat tufayli Yekaterinburg aylanma avtoyo‘lining bir qismi yopilgan, Kolsovo aeroportida reyslar kechiktirilgan, bir necha maktablarda o‘quvchilar masofadan ta'limga o‘tkazilgan. Sinoptiklar havodagi zararli aralashmalar faqat 17 oktyabrga borib tarqalishi mumkinligidan ogohlantirishgan.

Dmitriy Jukov / TASS
Foto: Vova Jabrikov / URA.RU/TASS
Foto: Vova Jabrikov / URA.RU/TASS
Foto: URA.RU/TASS
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yeliseyda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashmoqda. REUTERS/Gonzalo Fuentes
Kaliforniyadagi «Alisal» o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish jarayoni
Foto: Zuma/TASS
Kaliforniya g‘arbidagi o‘rmon yong‘inlari vaqtida yong‘in hududi yaqinida turgan kiyik bolasi. Mike Eliason/SBCo FD
Shimoliy Irlandiya va Irlandiya Respublikasini ajratib turuvchi chegara to‘sig‘i ustiga chiqib olgan kuchuk bolalari
REUTERS/Clodagh Kilcoyne
Kanar orollaridagi vulqon lavasi oqib chiqishda davom etmoqda. REUTERS/Sergio Perez
Pamela to‘foni boshlanayotgan chog‘da qirg‘oqda turgan odamlar, Seuta, Meksika. REUTERS/Daniel Becerril
Pamela to‘foni vaqtida kuchli yomg‘irlardan vayron bo‘lgan pomidor dalasi, Dimas, Meksika.  REUTERS/Daniel Becerril
Yaponiya bosh vaziri va LDP yetakchisi Fumio Kishida hamda uning kabineti vakillari qo‘llarini ko‘targan holda parlamentning quyi palatasi tarqatib yuborilishini olqishlamoqda. REUTERS/Kim Kyung-Hoon
Ispaniya Milliy kuni bayrami vaqtida havoga ko‘tarilgan harbiy samolyotlar. REUTERS/Javier Barbancho

 

Paranjiga o‘rangan ayol Kobuldagi Chavoq bozori oldidagi taksi yukxonasida. Avtomobil oynasiga shunday so‘zlar bitilgan: "Xudo haqqi, urushishni bas qiling".  REUTERS/ Zohra Bensemra
Arlingtondagi ko‘p qavatli uydagi ko‘plab balkonlar orasida yolg‘iz o‘tirgan erkak, Virjiniya. REUTERS/Kevin Lamarque

Yil boshida Ugandaga Covid-19ning navbatdagi to‘lqini yopirilganida maktablar yopilishi tufayli ishini yo‘qotgan matematika o‘qituvchisi Livingiston Musala oilasini boqish uchun tobut yasash bilan shug‘ullana boshladi.

Avvaliga ko‘pchilik uning tashabbusiga qo‘shilmagan - qarindoshlari uni odamlarning kulfatidan foydalanishda ayblashgan. Ammo aslida u poytaxt Kampaladan 140 kilometr masofadagi Bugobi shahri aholisining og‘irini yengil qildi - u pandemiyadan foydalanib, tobutlar narxini keskin oshirib yuborgan eski tobutsozlardan farqli ravishda narxni ancha arzon qilib belgilagan va odamlar tobut izlab uzoqlarga bormaydigan bo‘lishgan.

«Pandemiya avjiga chiqqan mahalda biz kuniga 10tagacha tobut sotdik», deydi u. U bundan kuniga 450 000 shillinggacha ishlab olgan (125 dollar). Uning biznesiga 30ga yaqin o‘qituvchilar yordamga kelishgan - ular ham maktablar yopilishi tufayli ishsiz qolishgandi. Natijada kichik korxonada faqat tobutlar emas, yog‘ochdan boshqa jihozlar ham yasay boshlashgan. Bugungi kunda ularning ko‘pchiligi maktablarda darslar boshlansa ham o‘qituvchilikka qaytmoqchi emas.

Mavzuga oid