O‘zbekiston | 16:18 / 15.10.2021
3482
2 daqiqa o‘qiladi

“Atmosferaga chiqarilayotgan gaz va chang miqdorini 1,5 barobar kamaytiramiz” - Narzullo Oblomurodov

O‘zbekiston prezidentligiga Ekologik partiyadan ko‘rsatilgan nomzod Narzullo Oblomurodov Navoiy viloyatida o‘z saylovoldi targ‘ibotini olib bormoqda.

Foto: Ekologik partiya

Navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvda nomzod atmosfera havosini muhofaza qilish, uning sifat ko‘rsatkichlari ekologik normativlarga muvofiqligini ta'minlash, atmosfera havosini muhofaza qilishni ta'minlovchi ekologik xavfsizlik talablariga alohida e'tibor qaratish lozimligi haqida gapirdi.

Narzullo Oblomurodovning aytishicha, joylarda atrof-muhitni me'yoridan ortiq ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash orqali ularning texnologik jarayonlarini modernizatsiya qilish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asoslari ishlab chiqiladi.

Shuningdek, atmosfera havosiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi har qanday xo‘jalik faoliyati turlarini ifloslantiruvchi moddalarni tozalash uskunalari bilan jihozlamasdan loyihalashtirish taqiqlanadi va atmosfera havosiga uglerod, azot birikmalari, metan va boshqa gazlar chiqarilishini hamda chang miqdorini 1,5 barobarga kamaytirish yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Ekologik partiya

“Energetika sohasining asosiy drayveri innovatsion texnologiyalar ekanligini inobatga olgan holda sohada quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga e'tibor qaratiladi.

  • energiya iste'moli tejamkorligini rag‘batlantirishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish;
  • qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari sohasida bozor mexanizmlarini tatbiq etish, energiya resurslari bozorida xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish;
  • chekka va olis hududlarda qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash;
  • energetika sohasida yalpi ichki mahsulotga nisbatan uglerod sarfi hajmi kamayishiga va 2050 yilda to‘liq voz kechishga erishish, sohada innovatsion yechimlarni tatbiq etishni rag‘batlantirishni maqsad qilganmiz”, dedi prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov.

Mavzuga oid