Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eldor Shomurodov Osiyoning eng qimmatbaho futbolchilari reytingida 3 pog‘ona yuqoriladi
Eldor Shomurodovning transfer qiymati ikki barobarga qimmatladi. Osiyoda faqat 5 futbolchi undan qimmatroq.
Germaniyaning Transfermarkt portali 15 oktabr kuni Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchilari yangi reytingini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov reytingda o‘sishga erishgan. So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekistonning eng qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turgan 26 yoshli forvardning transfer qiymati 7 million yevrodan 14 million yevroga ko‘tarilgan.
Bu o‘sish Osiyoning eng qimmatbaho futbolchilari reytingiga ham ta'sir qilgan. Bungacha 7 million yevro narx bilan 9-o‘rinda bo‘lgan Shomurodov transfer bahosi ikki baravar oshgach, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Yangi reytingda ham qit'amizning eng qimmatbaho o‘yinchisi sifatida «Tottenhem» hujumchisi Son Hyon Min ko‘rsatilgan. Janubiy Koreya milliy jamoasi sardori 85 million yevroga baholangan. «Zenit» klubi va Eron milliy jamoasi forvardi Sardor Ozmun 25 million yevro narx bilan hamon 2-o‘rinda bo‘lsa, «Ayntraxt» hamda Yaponiya milliy jamoasi hujumkor yarimhimoyachisi Daichi Kamada ham shuncha narx bilan uchlikdan joy olgan.
Shomurodovdan oldingi ikki o‘rindan esa «Arsenal»ning yaponiyalik himoyachisi Takehiro Tomiyasu (20 mln yevro) va «Portu»ning eronlik hujumchisi Mehdi Toremi (16 mln yevro) qayd etilgan.
Eldordan keyingi 7-o‘rinda esa 12 million yevro transfer qiymati bilan «Liverpul»ning yaponiyalik futbolchisi Takumi Minamino bormoqda.
Qit'aning top-10 eng qimmatbaho o‘yinchilari safiga He-Chan Xvan (Vulverhempton, J.Koreya, 11 mln yevro), Vataru Endo (Shtutgart, Yaponiya, 10 mln yevro) va Takefusu Kubo (Malorka, Yaponiya, 10 mln yevro) joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov yozgi transfer oynasida «Jyenoa»dan 17 million yevro transfer puli evaziga «Roma» safiga qo‘shilgan edi. Eldor A Seriyada 6 o‘yinda maydonga tushib, 2ta assistga mualliflik qildi.
Mavzuga oid
11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari
16:41 / 02.05.2025
Eldor Shomurodov – yana bir bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi
11:37 / 28.04.2025
«Siti» finalga chiqdi, «Roma» va Shomurodov «Inter»ni to‘xtatdi. Kun o‘yinlari
09:50 / 20.04.2025