Saudiya Arabistonida ko‘chada himoya niqobi taqish talabi bekor qilindi
Saudiya Arabistoni hukumati 17 oktyabrdan ochiq joylarda himoya niqobi taqish rejimini bekor qilish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda podshohlik ichki ishlar vazirligi ma'lum qilgan.

Foto: Anadolu Agency
“Niqoblar endilikda ochiq joylarda majburiy hisoblanmaydi. Saudiya Arabistoni koronavirusga chalinish holatlari kamaygani ortida pandemiya bilan bog‘liq kiritilgan cheklovlarni yengillashtirishni boshlamoqda”, deb aytilgan xabarda.
Shu bilan birga, yopiq va qoidalar bilan belgilangan joylarda niqob taqish talabi hamon saqlanib qoladi.
Podshohlikda niqob taqish rejimini buzish qat'iy jazolab kelingan. Xususan, sentyabrda podshohlik fuqarosi jamoat joyida niqobini yechgani va xavfsizlik xizmati xodimining ko‘rsatmasiga bo‘ysunmagani uchun 5 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.
Sentyabr oyi holatiga ko‘ra, aholisi 35 mln kishini tashkil qiluvchi Saudiya Arabistonida koronavirusga qarshi 40 mlnta vaksina qo‘llangan. Mamlakatda 4 ta vaksina - Moderna, Johnson & Johnson, AstraZeneca va Pfizer/BioNTech vaksinalari qo‘llashga ma'qullangan.
Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, podshohlikda ayni vaqtda kasallanish yanvar oyidan beri eng past darajada.
Mavzuga oid

19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor

22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?

22:01 / 13.05.2025
AQSh va Saudiya Arabistoni 600 mlrd dollarlik kelishuvga erishdi

15:27 / 13.05.2025