Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Rossiya harbiylari o‘quv mashg‘uloti o‘tkazadi
Ma'lumot berilishicha, mashg‘ulotlarga aviatsiya, zirhli texnika va piyodalar jalb etiladi.
22 oktyabr kuni Tojikiston va Rossiya harbiylari KXShTning “Jangovar birodarlik – 2021” o‘quv mashg‘ulotlari doirasida manyovrlar o‘tkazadi. Bu haqda Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari Faridun Mahmadalizoda ma'lum qildi.
“22 oktyabr kuni Xatlon viloyatidagi Homiyon poligonida Tojikiston va Rossiya harbiy xizmatchilarining ikki tomonlama mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan”, –dedi u.
Ma'lumot berilishicha, manyovrlar KXShT mamlakatlarining 18-23 oktyabr kunlari tojik-afg‘on chegarasi yaqinidagi Harbmaydon poligonida bo‘lib o‘tadigan “Jangovar birodarlik – 2021” harbiy mashg‘ulotlari doirasida o‘tkaziladi.
Mahmadalizodaning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarga aviatsiya, zirhli texnika va piyodalar jalb etiladi.
“Jangovar birodarlik – 2021” mashg‘ulotlariga 5 ming nafardan ortiq harbiylar, 700 birlikdan ziyod texnika, jumladan, 650 dan ortiq zirhli avtotexnika, 20 tagacha samolyot, 20 dan ortiq vertolyot hamda 15 ta dron safarbar etiladi.
Mavzuga oid
08:34 / 18.05.2025
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
17:55 / 14.05.2025
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
08:40 / 13.05.2025