Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida yil boshidan buyon 400ga yaqin chaqaloq dunyoga keldi
SSV Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi holatni o‘rgandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi haftalarda O‘zbekistonda koronavirusga chalinish ko‘rsatkichlari nisbatan pasaygan bo‘lsa-da, aholi SOVID-19ga qarshi yetarli darajada emlanmagan bir sharoitda xastalik xavfi yuqoriligicha qolayotganini ma'lum qildi va Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi holatni o‘rgandi.
Muassasa direktori Anvar Husanovning ma'lum qilishicha, 15 oktabr holatiga ko‘ra, bu yerda 1350 nafardan ziyod bemor muolaja olmoqda. Ulardan 39 nafari o‘ta og‘ir, 219 nafari og‘ir, 933 nafari o‘rta og‘ir holatda. Shuningdek, jonlantirish bo‘limlarida 170 nafar bemor shifokor va hamshiralarning doimiy nazorati ostida.
«Bolalar o‘rtasida ham kasallikka chalinish ko‘rsatkichlari, afsuski, hanuz yuqori. Buni muassasada 18 yoshgacha bo‘lgan 167 nafar o‘g‘il-qiz (jami bemorlarning 12,3 foizi) davolanayotgani ham tasdiqlaydi. Ulardan 3 nafari ayni paytda jonlantirish bo‘limida muolaja olmoqda.
Binobarin, bemorlar orasida 122 nafar homilador ayol ham mavjud. Kecha bu yerda 2 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Natijada yil boshidan buyon Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida tug‘ilgan go‘daklar soni 377 nafarga yetdi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
10:04 / 27.08.2024
Zangiotada harakatlanib ketayotgan Damas yonib ketdi
14:32 / 25.07.2024
«Zangiota-2» o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi
07:50 / 23.07.2024