Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva metrosidagi o‘zbek va tojik tilidagi yozuvlar olib tashlanmasligi ma'lum qilindi
Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Roman Priganovning ta'kidlashicha, tojik va o‘zbek tillaridagi ma'lumotlarni olib tashlash va ularning o‘rniga ingliz tilidagi yozuvlarni joylashtirish hozircha maqsadga muvofiq emas.
Moskva transport departamenti metro bekatlaridagi o‘zbek va tojik tillaridagi yozuvlar olib tashlanmasligini ma'lum qildi. Departamentning rasmiy bayonoti Readovka Telegram-kanalida joylashtirildi.
Ma'lum qilinishicha, «Prokshino» va «Lesoparkovaya» bekatlaridagi qo‘shimcha tillardagi yozuvlar Moskva migratsiya markaziga boradigan xorij fuqarolariga qulaylik yaratish maqsadida joylashtirilgan.
«Tojik va o‘zbek tillaridagi ma'lumotlarni olib tashlash va ularning o‘rniga ingliz tilidagi yozuvlarni joylashtirishni hozircha maqsadga muvofiq emas deb hisoblayman», — deb ta'kidlagan metroning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Roman Priganov.
Ma'lumot berilishicha, avvalroq «Prokshino» va «Lesoparkovaya» bekatlari yaqinida yashovchi aholi bu yozuvlarni olib tashlashni so‘rab murojaat qilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025