O‘zbekiston | 08:11 / 16.10.2021
3479
2 daqiqa o‘qiladi

Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: rigaku.com

Prezidentning "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifalari:

  • nanotexnologiyalar rivojlanishining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish;
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining ilmiy hamda pedagogik xodimlaridan vaqtincha ijodiy jamoalar tashkil qilish orqali fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot hamda innovatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish;
  • xorijiy oliy ta'lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda nanotexnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni bajarishda hamkorlikni tashkil qilish;
  • fundamental va amaliy ilm-fanning ta'lim jarayoni bilan integratsiyasi bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va bajarish.

Markazning tuzilmasi tasdiqlandi. Uning direktori Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid