O‘zbekiston | 09:49 / 16.10.2021
6501
1 daqiqa o‘qiladi

Prezidentlik saylovi – mamlakat ertasini belgilovchi muhim jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi – muhim ijtimoiy-siyosiy voqealardan biri bo‘lib, u nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasining yaqin va uzoq muddatli istiqbolda yanada barqaror rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga egadir.

So‘nggi yillarda demokratik, tashqi dunyo uchun ochiq va raqobatbardosh yangi O‘zbekistonni qurish doirasida fuqarolarning vakillik organlariga saylash hamda saylanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash sohasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistondagi demokratik o‘zgarishlar, shuningdek, fuqarolar va fuqarolik institutlarining siyosiy-huquqiy ongining tobora o‘sib borayotgani saylov tizimini yanada takomillashtirishning asosidir.

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan prezidentlik saylovi natijalari fuqarolarning turmushini yaxshilashga, ularning og‘irini yengil qilishga, eng muhimi, inson qadr-qimmatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Zero, har bir shaxs o‘zi munosib topgan nomzodgagina ovoz beradi. Kelajagimiz taqdiri sizu bizning qo‘limizda. Kelajagimizga e'tiborsiz bo‘lmaylik.

Avazjon Marahimov, Termiz davlat universiteti rektori Ⓣ

Mavzuga oid