Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobod tuman Davlat xizmatlari markazi yangi binoda faoliyat boshladi
Yashnobod tuman Davlat xizmatlari markazi yangi binoda faoliyatini boshladi. Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida bunyod etilgan va zamonaviy IT-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan bino qurilishida zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaratishga alohida e'tibor berildi.

Murojaatchilarga bir vaqtning o‘zida 160 dan ortiq turdagi xizmatlarni ko‘rsatish imkoni yaratildi. Bu yerda elektron navbat tizimi, axborot kioskasi, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish mumkin. Tashrif buyuruvchilar xizmatlardan mustaqil foydalanishlari, shuningdek, turli imkoniyatlardan xabardor bo‘lishlari uchun axborot stendlari va posterlar qo‘yilgan. Bundan tashqari, salomatlik burchaklari, bolalar maydonchasi hamda mini kutubxona tashkil qilingan.
Bu yerda boshqa DXMlar kabi aksariyat davlat xizmatlaridan eksterritorial tamoyili asosida, ya'ni yashash va turgan joydan qat'i nazar foydalanish mumkin.

Elektron navbat tizimi bilan integratsiya qilingan maxsus platforma yordamida mijozlar xizmat ko‘rsatish jarayoni va xizmat ko‘rsatgan xodimni baholashi mumkin bo‘ladi.
Tashrif buyuruvchilarning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda davlat xizmatlaridan foydalanishda NFC qurilmasi o‘rnatildi. Uning yordamida ID kartadagi fuqaroning shaxsi aniqlanadi va tizimda arizachining ma'lumotlari avtomat tarzda to‘ldiriladi.


Fuqarolarning idorama-idora ovoragarchiliklarining oldini olish maqsadida binoga Prezident Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi hamda FHDYo bo‘limlari joylashtirildi.
Hozirda Toshkent shahrida 12 ta davlat xizmatlari markazi mavjud bo‘lib, ularning uchtasi zamonaviy shart-sharoitlarga ega.
Mavzuga oid
16:35 / 16.01.2023
Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga o‘tkazildi
08:57 / 28.11.2022
Statistika ma’lumotlarini davlat xizmatlari markazlari orqali olish yo‘lga qo‘yiladi
14:50 / 16.09.2022
Uchta nafaqani tayinlashda yugur-yugurlarga barham beriladi. Boshqa nafaqa va pensiyalar-chi?
15:53 / 08.09.2022