Jahon | 10:43 / 17.10.2021
6992
2 daqiqa o‘qiladi

Haitida 17 nafar amerikalik o‘g‘irlab ketildi

Foto: Chandan Khanna/ AFP

Haiti poytaxti Port-o-Prensda jinoyatchilar 17 nafar amerikalik missioner va ularning oila a'zolarini o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda New York Times nashri xabar berdi.

O‘g‘irlab ketilganlar orasida ayollar va bolalar bor. Amerikaliklar ularni aeroportga olib ketayotgan avtobusdan o‘g‘irlangan.

Nashrning ta'kidlashicha, Haiti ancha yildan beri siyosiy silsilalar girdobida qolib kelmoqda va bu yerda boylarni ham, oddiy odamlarni ham o‘g‘irlash odatiy holat hisoblanadi. Biroq jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan ushbu davlatda ham bunday ko‘p sonda amerikaliklarning “surbetlarcha” o‘g‘irlab ketilishi amaldorlarni hayratga solgan.   

Nashr Haitidagi og‘ir vaziyatni mamlakatda 2 yil avval o‘tgan norozilik namoyishlari ortida xavfsizlik yomonlashgani bilan bog‘lamoqda.

Mamlakatdagi vaziyat 2021 yil iyulda prezident Jovenel Moiz o‘z qarorgohida o‘ldirilgan keyin yanada keskinlashgan. Bundan tashqari, avgust oyida mamlakatda yuz bergan kuchli zilzila ham vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda Port-o-Prensning deyarli yarmini jinoiy to‘dalar nazorat qiladi.

Mavzuga oid