Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari o‘rtasida teledebat o‘tkaziladi
2021 yil 19 oktabr kuni O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari o‘rtasida teledebat o‘tkaziladi. MTRK xabariga ko‘ra, saylovoldi debatlari Milliy teleradiokompaniya tarkibiga kiruvchi O‘zbekiston24 va O‘zbekiston telekanallarida soat 17:00da efirga uzatiladi. Shuningdek, debatlar aholining barcha qatlamlarini qamrab olish maqsadida MTRKning boshqa telekanallarida rus, ingliz tillarida va surdo tarjimalari bilan efirga uzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, ilk marta kuzda o‘tkazilayotgan prezidentlik saylovlari uchun nomzodlarning targ‘ibot kompaniyasiga 20 sentyabrdan start berilgan. Ayni kunga qadar nomzodlar va ularning ishonchli vakillari turli hududlarda saylovchilar bilan uchrashmoqda.
Yaqinda prezidentlik saylovi kompaniyasi yuzasidan oraliq hisobotini e'lon qilgan YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Saylovni kuzatish missiyasi MTRKda da'vogarlar o‘rtasida munozara uchun vaqt ajratib qo‘yilgani, biroq nomzodlar yoki ularning vakillari munozara olib bormayotgani haqida yozgan edi.
Mavzuga oid
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
12:04 / 11.09.2024
«Agar Tramp prezident bo‘lganida, Putin hozir Kiyevda o‘tirgan bo‘lardi». Nomzodlarning ilk debati qanday o‘tdi?
20:53 / 10.09.2024
Tramp va Harrisning ilk debati. Unda saylov taqdiri hal bo‘lishi mumkin
13:51 / 07.07.2024