Jahon | 16:48 / 19.10.2021
10086
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada koronavirusning yanada yuqumli turi tarqala boshladi

Qayd etilishicha, infeksiyaning yangi turi delta-shtammning variatsiyasi bo‘lib, unga nisbatan kamida 10-15 foizga yuqumliroq.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyada koronavirusning AY.4.2 deb nomlangan yangi variatsiyasi tarqala boshladi. Bu haqda Kembrijdagi Uellkom Senger instituti olimi Jyeffri Barrett va London universiteti genetika instituti direktori Fransua Balluga tayanib Financial Times xabar berdi.

Qayd etilishicha, infeksiyaning yangi turi delta-shtammning variatsiyasi bo‘lib, unga nisbatan kamida 10-15 foizga yuqumliroq. Balluning so‘zlariga ko‘ra, AY.4.2 koronavirusning pandemiya boshlanganidan buyon aniqlangan eng yuqumli versiyasi bo‘lishi mumkin.   

Shu bilan birga, mutaxassis yangi variatsiya faqat Buyuk Britaniya hududida qayd etilayotganini ta'kidladi. 

O‘z navbatida, Barret AY.4.2 yuqumli bo‘lishiga qaramasdan, Buyuk Britaniyada kasallanish holatlarining o‘sishi aholining profilaktika choralariga rioya qilmasligi bilan bog‘liqligini aytdi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 8 mln 497 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 138 ming 600dan ortiq bemor vafot etgan. Mamlakatda oxirgi sutkada 45 mingdan ortiq yangi holat aniqlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid