Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Moskvadagi uchrashuvda ishtirokchilardan iqtisodiy va siyosiy qo‘llab-quvvatlashni so‘ramoqchi
Toliblar vakilining ta'kidlashicha, Afg‘oniston mintaqa xavfsizligi va barqarorligida muhim rol o‘ynaydi va delegatsiya tegishli masalalarni muhokama qilishni rejalashtirgan.
“Tolibon” harakati vakillari Afg‘oniston bo‘yicha Moskvada o‘tkaziladigan uchrashuvda ishtirokchi mamlakatlardan iqtisodiy va siyosiy qo‘llab-quvvatlashni so‘rashni maqsad qilgan. Bu haqda harakat vakili, axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid ma'lum qildi.
“Biz Moskva anjumanida qatnashuvchi mamlakatlar, qo‘shnilarimizdan bizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘raymiz. Ayniqsa, mamlakatlar iqtisodiy va siyosiy-diplomatik sohalarda mas'uliyatli bo‘lishi va Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘raymiz”, – dedi Mujohid.
Toliblar vakilining ta'kidlashicha, Afg‘oniston mintaqa xavfsizligi va barqarorligida muhim rol o‘ynaydi va delegatsiya tegishli masalalarni muhokama qilishni rejalashtirgan.
Ma'lumot berilishicha, toliblar delegatsiyasiga muvaqqat hukumat rahbari o‘rinbosari mavlaviy Abdul Salom Hanafiy boshchilik qiladi. Delegatsiya tarkibiga tashqi ishlar vaziri mavlaviy Amir Xon Muttaqiy va boshqa qator vazirlar kiritilgan.
Rossiya TIVning xabar berishicha, tadbirda mintaqadagi 10 mamlakat vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025