Jahon | 08:13 / 21.10.2021
2060
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda 5 yoshdan katta 28 million bola koronavirusga qarshi emlanadi

 Oq uy bir necha haftadan keyin 5 yoshdan katta bolalarni koronavirusga qarshi emlashni boshlaydi. Gap 28 mln bola haqida bormoqda.

Foto: AP

 “AQSh ma'muriyati 5 yoshdan 11 yoshgacha 28 mln bolani emlash uchun yetarli hajmda vaksina sotib oldi”, deb aytilgan Oq uyda.

7 oktyabrda Pfizer va Biontech kompaniyalari AQSh mutasaddi idoralariga 5 yoshdan 11 yoshgacha bolalar uchun ishlab chiqqan vaksinasini ma'qullashni so‘rab ariza bergan. Biroq bolalarni emlash dasturi emlash haqida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin boshlanadi. Bu bo‘yicha mustaqil idoralarning 26 oktyabr va 2-3 noyabrga yig‘ilishlari o‘tkazilishi belgilangan.   

Bunday ko‘p sonda bolalarni emlash maqsadida butun mamlakat bo‘ylab maktablar, boshqa turdagi ta'lim muassasalari, mahalliy dorixonalar, tibbiy-sanitar yordam punktlarida 25 mingdan ko‘proq pediatrik punktlar joriy qilinadi.

Avvalroq BioNTech va Pfizer kompaniyalari Yevropa ittifoqi rahbariyatidan bolalarni emlash uchun ruxsat berishni so‘ragan. Yevropada 5-12 yoshli bolalarni koronavirusga qarshi emlanishiga ruxsat berilishi mumkin. Kompaniyalarning ta'kidlashicha, bolalar uchun mo‘ljallangan vaksina xavfsiz hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid