Toliblar zakot va ushr soliqlarini joriy etishni rejalashtirmoqda
Toliblar 1996-2001 yillarda ham Afg‘onistonda zakot va ushr soliqlarini joriy etgandi.

Foto: AP Photo/Rahmat Gul
“Tolibon” harakati Afg‘onistonda qishloq xo‘jaligi sohasida soliqchilikning yangi shaklini joriy etishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi TASS.
“Moliyaviy va ma'muriy masalalar bo‘yicha vazir o‘rinbosari Fazl Albariy Fazliy raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda zakot va ushr soliqlarini joriy etish masalasi muhokama qilindi”, – deyiladi mamlakat qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi xabarida.
Qayd etilishicha, ushbu choralar vazirlik daromadlari miqdorini oshirish va islomiy qoidalar talablariga asoslanadi.
Afg‘oniston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi muhim o‘rin tutadi: mamlakatdagi barcha ishchi kuchining 44 foizi agrar sektorga to‘g‘ri keladi.
Toliblar mamlakatning katta qismini nazorat qilgan 1996-2001 yillarda ham Afg‘onistonda zakot va ushr soliqlari joriy etilgandi.
Mavzuga oid

15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin

17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

17:47 / 12.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga beg‘araz yordam tariqasida 26 tonnadan ziyod urug‘ yetkazib berdi

17:30 / 12.05.2025