Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
82 toifadagi tovarlar uchun import boji bekor qilindi
"Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" prezident qarori qabul qilindi.
Hujjatga asosan, 82 toifadagi xomashyo va yarimtayyor mahsulotlar importi 2024 yil 1 yanvargacha bojxona bojidan ozod etildi.
Tovarlar toifalari turlicha: kastor yog‘i, sun'iy mo‘yna, zig‘irpoya tolasidan to‘qilgan va sun'iy tolalardan tayyorlangan gazlamalar, shisha iplar, shisha tolali matolar, qog‘oz va karton, tayyor yelimlar va boshqalar.








Avvalroq, 31 dekabrgacha ayrim oziq-ovqat mahsulotlari, xususan go‘sht va kartoshka QQSdan ozod qilinayotgani ma'lum bo‘lgandi. Shuningdek, sitrus mevalar 2022 yil 1 maygacha bojxona bojidan ozod qilindi.
Mavzuga oid
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
12:15 / 15.05.2025
Yevroittifoq Ukraina tovarlariga bojlarni qaytarish niyatida
12:00 / 12.05.2025
AQSh va Xitoy Jyenevadagi muzokaralar ijobiy yakun topganini e’lon qildi
09:32 / 09.05.2025