Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad tuzumi BMTning 100 million dollarlik yordam pulini o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda
Suriya prezidenti Bashar Asad hukumati 2019-2020 yillarda Suriya funti kursini ataylab o‘zgartirish orqali BMTning 100 mln dollar miqdordagi insonparvarlik yordamini o‘g‘irlaganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda AQShning CSIS tahliliy markazi ma'lumotlari darak bermoqda.
Markaz tadqiqotchilari Suriyada milliy valuta kursini belgilovchi mamlakat markaziy banki xatti-harakatlarini tahlil qilib, shunday xulosaga kelishgan. Aynan shu kurs bo‘yicha Suriyaga xalqaro yordam kelib tushadi.
Suriyada fuqarolik urushi oldidan bir AQSh dollari 50 Suriya funti turgan. Hozir esa dollar kursi 70 marta ko‘proqni – 3500 funtni tashkil qiladi. 2019 yilgacha Suriya markaziy banki xalqaro yordam uchun kursni real darajada belgilagan, biroq keyin uni pasaytira boshlagan.
CSIS tahlilchilarining ta'kidlashicha, bu ataylab qilinadi. Jumladan, bunday yo‘l bilan Suriya xalqaro zaxiralari BMT yordami hisobiga to‘ldiriladi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, 2020 yilda BMT agentliklari Suriya funtida tovar va xizmatlarni sotib olish uchun kamida 113 mln dollar ayirboshlagan. Pullar nomaqbul rasmiy kurs bo‘yicha ayirboshlangani sababli Suriyaning amaldagi tuzumi ushbu summadan o‘z ehtiyojlariga 60 mln dollarni yo‘naltirishga muvaffaq bo‘lgan. 2019 yildagi raqamlar hisobga olinsa, umumiy summa 100 mln dollargacha yetadi.
Mutaxassislarning fikricha, bunday amaliyot Suriyadagi tuzumni mustahkamlaydi va unga nisbatan qo‘llanuvchi sanksiyalar siyosatini zaiflashtiradi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025