Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada aholini elektron ro‘yxatga olish so‘rovnomasini o‘zbek tilida ham to‘ldirish mumkin bo‘ladi
Rossiyada o‘tkazilayotgan aholini ro‘yxatga olish jarayonining elektron ko‘rinishida so‘rovnomani o‘zbek tilida ham to‘ldirish imkoniyati yaratilgan. Bu haqda «Exo Moskva» jurnalisti Aleksey Narishkin xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 15 oktyabrdan 15 noyabrgacha Rossiyada aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Borish qiyin bo‘lgan uzoq hududlarda jarayon dekabr oyining oxirigacha davom etadi.
Mazkur jarayonda so‘rovnomani elektron tarzda ham to‘ldirish imkoniyati yaratilgan. Bu uchun «Gosuslugi» portalida maxsus sahifa tashkil etilgan. Ushbu sahifada so‘rovnomani to‘ldirish uchun turli tillar taklif etiladi va ular orasida o‘zbek tili ham bor. Shuningdek, so‘rovnomani rus va o‘zbek tillaridan tashqari ingliz, xitoy, koreys, boshqird, tatar, buryat, chuvash va yoqut tillarida to‘ldirish mumkin.
Qayd etilishicha, aholini ro‘yxatga olish jarayoni 2014 yilda Rossiyaga qo‘shib olingan Qrimda ham o‘tkazilmoqda. Ukraina tomoni allaqachon Rossiyaning bu ishiga o‘z noroziligini bildirgan. Shuningdek, Rossiya tomonidan Qrim aholisini ro‘yxatga olish jarayoni o‘tkazilayotganini Yevropa Ittifoqi ham qoralagan.
Ma'lumot uchun, yaqinda Moskva metrosining «Prokshino» va «Lesoparkovaya» bekatlarida turli yozuvlar rus tili bilan birgalikda o‘zbek va tojik tillarida ham yozib qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025