Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noyabrda Toshkentdan Moskvaga dastlabki “Agroekspress” poyezdi yo‘l oladi
“Agroekspress” loyihasi logistikani soddalashtirish, meva-sabzavotlarni O‘zbekistondan Rossiyaga hamda go‘sht va un mahsulotlarini Rossiyadan O‘zbekistonga yetkazish vaqtini qisqartirish imkonini beradi.
Noyabrning ikkinchi yarmida sarxil meva-sabzavotlar yuklangan birinchi “Agroekspress” poyezdi Toshkentdan Moskvaga yo‘l oladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rossiyalik jurnalistlarga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Dastlabki reys noyabrning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan, hammamiz o‘ziga xos voqea guvohiga aylanamiz deb o‘ylayman”, – dedi u.
Umurzoqovning ma'lum qilishicha, “Agroekspress” loyihasining barcha tafsilotlari Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida muhokama qilingan.
“Uchrashuv va muhokamalar doirasida “Agroekspress” loyihasini amalga oshirishning barcha tashkiliy, texnik va boshqa tomonlari bo‘yicha kelishib oldik”, – dedi u.
Umurzoqov ushbu loyihaga Rossiya va O‘zbekiston bilan birga poyezd marshruti o‘tadigan Qozog‘iston ham qo‘shilganini ma'lum qildi.
“Bu birgina ekspress emas, gap biz yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan tizim haqida bormoqda”, – dedi bosh vazir o‘rinbosari.
U Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi va MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishlarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Agroekpress” loyihasiga boshqa mamlakatlarni ham qo‘shish taklifini ilgari surganini eslatib o‘tdi.
Umurzoqovning qo‘shimcha qilishicha, “Agroekspress” O‘zbekistondan Qozog‘istonga va Qozog‘istondan Rossiyaga hamda aks yo‘nalishda yuk tashiydi.
“Agroekspress” loyihasi Moskva-Toshkent yo‘nalishida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini refrijyeratorli tarkibda yetkazib berishga qaratilgan. U logistikani soddalashtirish, meva-sabzavotlarni O‘zbekistondan Rossiyaga hamda go‘sht va un mahsulotlarini Rossiyadan O‘zbekistonga yetkazish vaqtini qisqartirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025