Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar O‘zbekistonga elektr energiyadan qarzdorlikni uzishga va'da berdi
Sardor Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent Kobulga elektr yetkazib berishni bir soatga ham to‘xtatmadi, Afg‘oniston O‘zbekistondan ehtiyojiga muvofiq elektr energiyani to‘liq hajmda olmoqda.
“Tolibon” harakati tuzgan Afg‘oniston muvaqqat hukumati O‘zbekiston oldidagi elektr energiya bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq uzish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ma'lum qildi.
“Biz muhokama o‘tkazdik, muvaqqat hukumatning energetika yo‘nalishi bo‘yicha mas'ul vakillari, “Afg‘oniston elektr tarmoqlari” [EKA] kompaniyasi vakillari bo‘ldi. Vaziyat imkon berishi bilan - hozirda bu mamlakatda bank tizimi faoliyati va muvaqqat hukumatning tan olinishi bilan bog‘liq masalalar bor, EKAdagi hamkorlar mavjud qarzni zudlik bilan uzadi. Ammo bunga qaramasdan, biz elektr energiya yetkazib berishda davom etamiz”, – dedi u rossiyalik jurnalistlarga bergan intervyusida.
Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent Kobulga elektr yetkazib berishni bir soatga ham to‘xtatmadi, Afg‘oniston O‘zbekistondan ehtiyojiga muvofiq elektr energiyasini to‘liq hajmda olmoqda.
16 oktyabr kuni Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.
Xabar qilinishicha, muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy aloqalar, chegara xavfsizligini ta'minlash, energetika, xalqaro yuk tashish va tranzit sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025