Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden reytingi 1945 yildan keyingi AQSh prezidentlari orasida antirekord qayd qildi
AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden reytingi davlat rahbari lavozimini egallaganidan 9 oy o‘tib 11,3 foizga, ya'ni 56 foizdan 44,7 foizgacha pasayib ketdi. Bu esa Ikkinchi jahon urushidan keyin AQShga rahbarlik qilgan prezidentlar orasida reytingning eng kuchli pasayishi hisoblanadi.
Baydengacha 9 oy ichida reytingning eng kuchli pasayishi Barak Obamada qayd qilingan va 10,1 foizni tashkil etgan. Jimmi Karterda ushbu ko‘rsatkich 8,9 foizni, Donald Trampda 4,4 foizni tashkil qilgan. Katta va Kichik Jorj Bushlarning reytingi esa bu davr davomida aksincha o‘sgan va mos ravishda 12 hamda 13,1 foizni tashkil qilgan.
So‘rovnomani o‘tkazgan jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti Gallup’ning ta'kidlashicha, Bayden reytingining pasayishi AQShda koronavirus bilan kasallanish darajasi yuqoriligi, amerikalik harbiylarning Afg‘onistondan olib chiqilishi va iqtisodiyotdagi muammolar bilan tushuntiriladi.
AQShda o‘tkazilgan oxirgi so‘rovnomalarga ko‘ra, AQShning amaldagi prezidentini qo‘llab-quvvatlash reytingi o‘rtacha 42,9 foizni tashkil qilmoqda. Jumladan, Baydenning faoliyatini o‘zini birorta partiyaga kiritmaydigan amerikaliklarning aksariyati qo‘llab-quvvatlamaydi.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025