Jahon | 20:24 / 24.10.2021
11583
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyada pul olib ketayotgan vertolyot stadionga quladi

Foto: 218tv.net

Liviya poytaxti Tripolidan 80 km uzoqlikda joylashgan Tarxuna shahridagi futbol stadioniga xususiy vertolyot qulab tushdi. Vertolyot shaharga pul yetkazishi kerak bo‘lgan.

“218” telekanalining xabar berishicha, stadion vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchasi sifatida qo‘llangan. Vertolyot ekipaji a'zolari omon qolgan. Ular gospitallardan biriga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yetkazilgan.

Hozircha voqeaning tafsilotlari va sabablari ma'lum qilinmayapti.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid