Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an ma'muriyatidagilar g‘arb davlatlari elchilarini Turkiyadan chiqarib yubormaslik yo‘lini izlamoqda – OAV
Turkiya TIV hozircha diplomatlarni chiqarib yuborish borasida aniq qadam tashlamadi – ular persona non grata deb e'lon qilinmadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning atrofidagilar g‘arb mamlakatlari elchilarini chiqarib yubormaslik imkoniyatini izlamoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Bloomberg agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Turkiya TIV hozircha diplomatlarni chiqarib yuborish borasida aniq qadam tashlamadi – ular persona non grata deb e'lon qilinmadi. Vazirlik vakillari vaziyat yanada chigallashishining oldini olishni mo‘ljallamoqda.
Ta'kidlanishicha, dam olish kunlari Erdo‘g‘an ma'muriyatida hukumat vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. Ular Turkiya rahbariga elchilarni chiqarib yuborishning ehtimoliy oqibatlari haqida ma'lumot bergan. Yaqin vaqt ichida yana bir yig‘ilish bo‘lib o‘tishi, unda elchilarni chiqarib yuborish masalasida yakuniy qaror qabul qilinishi aytilmoqda.
Shu bilan birga, OAVning xabar berishicha, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an qator mamlakatlar, jumladan, AQSh va Kanada elchilarining Turkiya qonunlari va mamlakat rahbariyati qarorlarini hurmat qilishlari to‘g‘risidagi bayonotlarini olqishlagan.
Elchixonalar Erdo‘g‘an 10 mamlakat elchilarini persona non grata deb e'lon qilishga buyruq berganini aytganidan so‘ng bayonot bergan.
21 oktyabrda Turkiya prezidenti AQSh, Germaniya, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Kanada, Norvegiya va Yangi Zelandiya elchilarini mamlakat sudi ishlariga aralashishgani uchun tanqid qilgan. Keyinroq esa ularni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025