Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada saylovdagi va'dalarni bajarmaganlik uchun jazolash to‘g‘risidagi qonun loyihasi rad etildi
Rossiya hukumati lavozimga saylangan shaxslarni saylovoldi va'dalarini bajarmagani uchun jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini rad etdi. Rasmiy munosabat Davlat Dumasi veb-saytida e'lon qilingan.
Saylovoldi va'dalarini bajarish – saylangan amaldorning siyosiy mas'uliyati. Hukumatning qayd etishicha, mazkur majburiyatning qonunan rasmiylashtirilishi, ya'ni saylovoldi va'dasini bajarmaganlik uchun mavhum formulalar asosida jinoiy javobgarlik belgilanishi ushbu va'dalarning o‘zboshimchalik bilan bajarilishiga olib kelishi mumkin, deb yozadi Meduza.
Bundan tashqari, rasmiy munosabatda qonun loyihasida saylov va'dalarini bajarmaslik uchun “jinoiy javobgarlik joriy etilishini oqlaydigan” statistik ma'lumotlar va boshqa ma'lumotlar mavjud emasligi ta'kidlangan.
Nashrning qayd etishicha, ushbu qonun loyihasi avgust oyida deputat Oleg Nilov tomonidan parlamentga taqdim etilgan. U saylovlar natijasida davlat lavozimlarini egallagan, lekin saylovdagi va'dalarini bajarish uchun “qo‘lidan kelgan barcha choralarni” ko‘rmagan shaxslarni javobgarlikka tortishni taklif qilgan. Jazo sifatida deputat saylovoldi va'dalarini bajarmaganlarga 100-300 ming rubl miqdorida jarima solish yoki ularni lavozimni egallash huquqidan mahrum qilgan holda bir yilgacha majburiy mehnatga jalb etishni yoxud 3 yilgacha bo‘lgan muddatga muayyan faoliyat bilan shug‘ullanishni man etishni taklif qilgan.
“Novaya gazeta”ning eslatishicha, 2007 yilda xuddi shunday masalani ko‘tarib chiqqan Stavropol o‘lkasi gubernatori Aleksandr Chernogorov ko‘p o‘tmay “Yagona Rossiya” partiyasidan chiqarib yuborilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025