Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 3 yoshdan katta bolalar koronavirusga qarshi majburiy emlanadi
Xitoyning 5 ta provinsiyasida 3 yoshdan 11 yoshgacha bolalarni koronavirusga qarshi emlash boshlanadi. AR axborot agentligining xabar berishicha, bu hududlar ma'muriyatlari yaqin orada ushbu yoshdagi bolalar uchun emlash majburiy bo‘lishidan ogohlantirishni boshlagan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 76 foiz aholi virusga qarshi emlanib bo‘lgan. Mamlakatning biror yerida kasallanish o‘chog‘i paydo bo‘lishi bilan unga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda.
Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi oxirgi sutkada mamlakatda 35 ta yangi kasallanish holati qayd etilganini ma'lum qildi.
Yozda Xitoy hukumati 3 yoshdan katta bolalarni Sinopharm va Sinovac vaksinalari bilan emlashga ruxsat bergan. Hozircha mamlakatda 12 yoshdan katta bolalargina emlangan.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025