Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalarni o‘z uyiga ijaraga joylashtiruvchi shaxslar daromad solig‘idan ozod etiladi
“Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulkka soliq solinishidan ozod qilinadi.
Shuningdek, yer qa'ridan foydalanuvchilar haqiqatda qazib olingan foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risida soliq bazasini yashirmasdan hisobot topshirishiga zamin yaratiladi.
Tadbirkorlik sub'yektlariga tomonidan faqatgina soliq organini xabardor qilish orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy summasini qaytarib olish imkoniyati yaratiladi.
Talabalarni o‘z uylariga ijaraga joylashtiruvchi shaxslarning ijara to‘lovlaridan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.
Respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'yektlari uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida tatbiq etiladi;
“Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 4ta moddadan iborat bo‘lib, Soliq kodeksiga quyidagi asosiy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularni hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Soliq kodeksining 223-moddasiga quyidagi o‘zgartish kiritish taklif etilmoqda: yer qa'ridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan foydali qazilmalar hajmini ular tomonidan taqdim etilgan hisobotda to‘liq aks ettirmaslik soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb e'tirof etilishi.
2. Prezidentning “Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma'muriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Soliq kodeksining 138, 266 va 274-moddalariga quyidagi normalarni aks ettiruvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda: qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy summasini qoplash (qaytarish) to‘g‘risida soliq organlariga alohida murojaat qilish bo‘yicha majburiy talab bekor qilinadi. Bunda soliq to‘lovchi tegishli soliq davri uchun soliq hisobotini taqdim qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy summasini qoplashga (qaytarishga) soliq organlarini xabardor qilgan holda murojaat qilishga haqli.
3. Prezidentning “Tadbirkorlik sub'yektlari uchun ma'muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Soliq kodeksining 483-moddasiga quyidagicha o‘zgartish kiritish taklif etilmoqda: 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'yektlari uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida tatbiq etiladi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta'lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Soliq kodeksining 378-moddasiga talabalarni o‘z uylariga ijaraga joylashtiruvchi shaxslarning ijara to‘lovlaridan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etishni nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritish taklif etilmoqda.
Mavzuga oid
14:26 / 29.04.2025
Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda
12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
18:23 / 26.08.2024