Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp o‘zining yangi ijtimoiy tarmog‘i yordamida “AQShni senzuradan qutqarish”ni va'da qildi
Oq uy sobiq rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “senzura bilan bog‘liq eng og‘ir vaziyat” ijtimoiy tarmoqlarda kuzatilmoqda.
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zining TRUTH Social ijtimoiy tarmog‘ida senzura, “tushunarsiz bloklashlar, demonetizatsiya va siyosiy maqsadlardagi firibgarliklar” bo‘lmasligini va'da qildi.
“O‘tgan haftada yirik texnologik korporatsiyalarning ustunligiga raqobatchi bo‘ladigan yangi kompaniya haqida gapirgandim. Bu men uchun siyosat bilangina bog‘liq emas. U mamlakatimizni qutqarish bilan bog‘liq”, — deyiladi Trampning bayonotida.
Uning fikricha, AQSh “senzuraning xavfli yo‘lidan yurdi”, mamlakat aholisi “o‘zini hakam deb e'lon qilganlar guruhining” buyruqlarini tinglashga majbur.
Oq uy sobiq rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “senzura bilan bog‘liq eng og‘ir vaziyat” ijtimoiy tarmoqlarda kuzatilmoqda. Tramp o‘zi ham prezidentlik davrida bloklash qurboniga aylanganini eslatib o‘tdi.
21 oktyabr kuni Tramp TRUTH Social ijtimoiy tarmog‘i yaratilganini e'lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, servisning beta-versiyasi “taklif qilingan mehmonlar” uchun noyabrda ishga tushadi, 2022 yil boshidan esa undan barcha foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025