Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask bir kun ichida 41 mlrd dollarga boyib, tarixdagi eng badavlat odamga aylandi
Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask tarixdagi eng badavlat odamga aylandi. Forbes nashri talqiniga ko‘ra, uning ayni vaqtdagi boyligi 271,3 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, milliarder Tesla aksiyalari narxi 13 foizga oshishi natijasida bir kun ichida 41,7 mlrd dollarga boyigan.
Bir kun avval kompaniya kapitallashuvi birinchi marta 1 trln dollardan oshgani ma'lum qilingandi. Aksiyalar qiymati 12 foizga oshib, bir donasi narxi 1025 dollarga yetgan. Natijada Maskning boyligi bir kun ichida 36,2 mlrd dollarga ko‘paygandi.
O‘z navbatida Bloomberg axborot agentligi Maskning boyligini 288,6 mlrd dollarga baholamoqda. Bu esa Tesla’ning asosiy raqobatchilari bo‘lgan Toyota (282 mlrd dollar), General Motors (83,9 mlrd dollar) va Ford (62,8 mlrd dollar) kompaniyalarining bozor qiymatidan ko‘proqni tashkil qiladi.
Bunday ulkan ko‘rsatkichlar tadbirkorga Amazon asoschisi Jyeff Bezosdan oshib ketishga imkon berdi. Ayni vaqtda Bezosning boyligi 194,1 mlrd dollarga baholanmoqda.
Bir oy avval Maskning boyligi 200 milliard dollardan ko‘proqqa baholanayotgandi.
Morgan Stanley tahlilchilarining fikricha, Mask dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
18:36 / 26.05.2025
Yangi avtopilot Tesla avtomobilini ag‘dardi
22:00 / 24.05.2025