Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 260 bosh qo‘yning pulini o‘zlashtirib ketgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida 260 bosh qo‘yning pulini o‘zlashtirib ketgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Mirishkor tumani «Bo‘ston» MFYda yashovchi J.Q. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasiga ko‘ra, G‘uzor tumani «Eshonquduq» MFYda yashovchi R.A. 2021 yil 16 aprel kuni kelib, 130 bosh (jami 260 bosh) ona-bola qo‘ylarini har birini 1 million 780 ming so‘mdan savdolashib nasiyaga olgan.
So‘ng, jami 231 million 400 ming so‘mni 2021 yil 15 avgust kunigacha keltirib berishini aytib qo‘ylarni olib ketgan. Ammo aytilgan vaqt o‘tib ketsa ham pullarni keltirib bermagan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Mirishkor tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:56 / 28.05.2025
Sariosiyoda 300 bosh qo‘y jarlikka qulab nobud bo‘ldi
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025