Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ko‘cha chetida to‘xtab turgan Nexia’ning gaz balloni portladi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida ko‘cha chetida to‘xtab turgan Nexia’ning gaz balloni portlagan. Oqibatda Nexia haydovchisi va yo‘lovchi jarohat olgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun 2021 yil 27 oktabr kuni soat 13:30 larda Chiroqchi tumani hududida joylashgan oshxonalardan birining ro‘parasida to‘xtab turgan haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan I.N. boshqaruvidagi Nexia mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan.
Oqibatda, Nexia haydovchisi I.N. va ushbu mashina yo‘lovchisi, 2003 yilda tug‘ilgan Sh.S. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Chiroqchi tumani IIB, FVB va prokuraturasi tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
21:01 / 01.05.2025
Germaniya shimolidagi portda portlash sodir bo‘ldi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025